✅2026-yil 14-may kuni Sirdaryo tuman texnikumida “Rahbar va Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻquvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyati agroinspeksiya boshligʻi Nurali Shodiyev, Sirdaryo tuman agroinspeksiya boshligʻi A. Abduqodirov hamda Sirdaryo tuman texnadzori X. Tavbayev ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy texnologiyalarni oʻrganishi hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Shuningdek, yaxshi oʻqiydigan va faol oʻquvchilar uchun kitoblar sovgʻa qilindi. Bu esa yoshlarni kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
