2026 yil 9 aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumi faollar zalida tuman prokurori oʻrinbosari, 1-darajali yurist Ikramov Shavqiddin Halilovich ishtirokida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi oʻtkazildi.
🏆 Osiyo chempioniga ehtirom!
Tadbirning eng quvonarli qismida, Qozogʻistonning Chimkent shahrida boʻlib oʻtgan «Jang San’ati» boʻyicha Osiyo chempionatida faxrli 1-oʻrinni egallab, Osiyo chempioni boʻlgan oʻquvchimiz Shavkatova Dilnura jamoaga tanishtirildi. Unga yuksak gʻalabasi uchun diplom va medali tantanali ravishda topshirildi.
🤝 Ochiq muloqot va yechimlar:
Uchrashuv davomida oʻquvchilar tomonidan texnik bazani yangilash (A. Abdasalomov), kadrlar taʼminoti (Sh. Yusupaliyev) va zamonaviy oʻquv vositalari (F. Abdukodirova) boʻyicha berilgan murojaatlar tuman prokurori oʻrinbosari tomonidan alohida nazoratga olindi.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *