30-mart kuni Sirdaryo tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan “O‘zbek madaniyati” mavzusidagi navbatdagi “Kelajak soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
Yoshlarga milliy qadriyatlarimiz va boy tariximizni o‘rgatish;
Milliy urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish;
Ma’naviy yetuk va vatanparvar kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish.
✨ Madaniyat — millat ko‘zgusi. Bugungi tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlar, balki milliy merosimizning bugungi kundagi ahamiyati haqida ham o‘zaro fikr almashdilar.
