Prezidentimiz tomonidan belgilangan «Yo‘l xaritasi» ijrosi doirasida texnikumimizga harbiy qism mas’ullari — podpolkovnik M.M. Nazarov hamda leytenant A.S. Temirov tashrif buyurdilar.
Asosiy maqsad:
🔹 Muddatli harbiy xizmatchilarni qiziqishlari bo‘yicha kasbga o‘qitish;
🔹 Xizmat yakunida ularni kasb sertifikatlari bilan ta’minlash;
🔹 Yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish.
Mehmonlar texnikumdagi o‘quv xonalari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, kelgusi rejalarni belgilab oldilar. 📚🛡
✅ Maqsadimiz: Harbiy intizom va zamonaviy kasbni birlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash!
