2026-yil 16-aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumning Axborot-resurs markazida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab Sirdaryo tuman SEO va JS (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi) bo‘limi boshlig‘i X.B.Inomjonov (Xayotjon Baxodir o‘g‘li) hamda boshliq o‘rinbosari Nargiza Djumayevna Alikulova so‘zga chiqdilar. Mutaxassislar tomonidan yoshlarga bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish va aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida Sirdaryo tuman texnikumi direktori Husniddin Davriyevich Rahmanov so‘zga chiqib, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va yoshlarni doimiy ravishda sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chorladi.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *