2026 yil 16-aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda bugungi kunning dolzarb muammosi bo‘lgan “Kiberxavfsizlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilarga:
🔹 Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish;
🔹 Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik qoidalari;
🔹 Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish choralari haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
