2026 yil 13-aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumida o‘tkazilgan navbatdagi «Kelajak soati» yoshlar uchun chinakam bilim manbaiga aylandi. Tadbirda soha mutaxassislari kitobxonlikning turli qirralarini yoritib berdilar:
🎤 I. Abdullayeva (Kutubxonachi): Kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar va mutolaa madaniyati haqida;
🎤 F. Abduqodirova (Ona tili o‘qituvchisi): Nutq boyligi va badiiy asarlarning tahlili haqida;
🎤 A. Yo‘ldoshev (Tarix o‘qituvchisi): Tarixiy xotira va manbalar bilan ishlash haqida;
🎤 F. Qarshiyeva (Maxsus fan o‘qituvchisi): Mutaxassislikka oid professional adabiyotlarni o‘qish — kelajakda yetuk kadr bo‘lib yetishishning asosi ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir yakunida o‘quvchilar nafaqat badiiy, balki o‘z sohalari bo‘yicha zamonaviy texnik adabiyotlar bilan tanishish muhimligini anglab yetishdi.
