Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Kasbiy ta’lim va Yoshlar ishlari agentliklari hamkorligida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubining viloyat bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada Sirdaryo tuman texnikumi jamoasi o‘zining bilimdonligi, tezkorligi va o‘zgacha yondashuvi bilan ajralib turdi.
✨ Yakuniy natijalarga ko‘ra, jamoamiz “Eng kreativ jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha DIPLOM bilan taqdirlandi!
O‘quvchi-yoshlarimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Vatanparvarlik va qutqaruvchilikdek sharafli kasbga bo‘lgan qiziqishingiz hamisha baland bo‘lsin!
📍 Bizning manzil: Sirdaryo tuman texnikumi.
