🗓 2026-yil 19-mart — «Payshanba — Yoshlar kuni» munosabati bilan texnikumimizda yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga zamin yaratuvchi muhim uchrashuv tashkil etildi.
✅ Unda tumanimizning mas’ul rahbarlari ishtirok etdilar:
🟢 M. Rayfov – Tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi direktor muovini;
🟢 B. Ashurov – Sirdaryo tuman uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlim boshligʻi;
🟢 M. Mukarov – Davlat kadastr palatasi boshlig‘i;
🟢 K.X. Davlatov – Chorvachilikni rivojlantirish VVB boʻlim boshligʻi;
🟢 O. Burkanov – Sirdaryo tuman kadastr agentligi boshligʻi.
💡 Uchrashuv davomida:
«Kadastr», «Raqamli axborotlarni qayta ishlash» hamda «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish» yo‘nalishi o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.
✨ Ochiq muloqot yoshlarga kasbiy mahorat sirlarini o‘rganish va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishda katta turtki berdi.
📌 «Kasbingni sev, kelajagingni yarat!»
