⚡️2026 yil 17 mart kuni Sirdaryo tuman texnikumida ma’naviyat va san’at uyg‘unlashgan ajoyib kun bo‘ldi. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi mehmon bo‘lib, o‘quvchilarimizga «Qirmizi olma» dramasini namoyish etishdi.
✨ Spektakl davomida aktyorlarning mahoratli ijrosi barchani birdek hayratga soldi. O‘quvchilar asar qahramonlarining kechinmalaridan ma’naviy ozuqa olish bilan birga, mazmunli madaniy hordiq chiqardilar.
🎭 San’at — qalb ko‘zgusi! Bunday uchrashuvlar yoshlarimizning dunyoqarashini boyitishda xizmat qiladi.
