9-MAY — XOTIRA MUQADDAS, QADR AZIZ! 🕯

💠 2026 yil 8-may kuni Sirdaryo tuman texnikumi direktori Husniddin Davriyevich Rahmanov tashabbusi bilan texnikum jamoasi xayrli tadbir o‘tkazdilar.
💠Bayram munosabati bilan ta’lim tashkilotida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy o‘qituvchilarimiz holidan xabar olindi. Shuningdek, bugun oramizda bo‘lmagan, ta’lim darg‘asi bo‘lgan marhum ustozlarimizning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yorqin xotirasi yod etildi, oila a’zolariga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
💠Ustozlarimizning bosib o‘tgan yo‘li — biz uchun haqiqiy ibrat maktabidir. Zero, o’tganlarni xotirlash, keksalarimizni e’zozlash bizning oliy burchimizdir.
➡️Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ustozlar