TEXNIKUM

Sirdaryo tuman texnikumi haqida

Sirdaryo tuman texnikumi O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan ta’lim muassasasi bo‘lib, 1927 yilda Samarqand shahrida Oxunboboyev nomli industrial texnikum sifatida tashkil etilgan. Texnikum 1943 yilda Yangiyo‘l shahriga, so‘ngra Toshkent viloyatidagi Yalang‘och qishlog‘iga ko‘chirildi. Dastlab, texnikumda mexanizatsiya, elektrifikatsiya va agronomiya yo‘nalishlarida tahsil berilgan.

1948 yilda agronomiya yo‘nalishi Toshkent qishloq xo‘jalik texnikumiga o‘tkazildi. 1962 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan texnikum Sirdaryo viloyati Malik tajriba xo‘jaligiga ko‘chirildi. O o’sha davrda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda jami 1335 nafar o’quvchi ta’lim olgan. 1965 yilda yangi 610 o’rinli binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

2002 yilda mazkur texnikum negizida “Malik agrosanoat kasb-hunar kolleji” tashkil etilgan. Keyinchalik, 2020 yil 7 iyulda Prezident qarori bilan texnikum Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi deb nomlandi.  O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim ,fan va innovatsiyalar vazirining 2025 yil 9 dekabrdagi 489 sonli buyrug‘I bilan  Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi nomi Sirdaryo tuman texnikumi deb qayta nomlangan. Hozirgi kunda texnikum talabalariga zamonaviy agrotexnologiyalar va kasb-hunarlarni o’qitib, ularni amaliyotga tayyorlash maqsadida faoliyat yuritmoqda.

Sirdaryo tuman  texnikumi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Igʻor MFY,Gulbo‘g ko‘chasi 1 uy ,indeks 120610  (sobiq Malik davlat xoʻjaligi)huquqiyda joylashgan