Yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni qizgʻin davom etmoqda. Texnik xodimlar Gʻ.Bazarov, R.Shokirov, A.Qurbonov va xoʻjalik ishlari mudiri Sotvoldiyev Husanboylar boshchiligida o‘quv binosi, axborot-resurs markazi va o‘quv auditoriyalaridagi yoritish tizimlarini nazoratdan o‘tkazib, eskirgan hamda yaroqsiz holga kelib qolganlarini yangisiga almashtirish ishlarini olib bormoqda.

O‘quv binosining devori tashqi tomoni yuqori bosimli suv purkash orqali tozalanmoqda. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu ishlar texnikumning ta’lim sifatini oshirishga va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

 » Ma’naviy olam » gazetasi seviib oʻqiladi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi ishchi xodimlari tomonidan  Ijtimoiy -siyosiy,madaniy -ma’rifiy,adabiy -badiy , ommabop » Ma’naviy olam » gazetasi seviib oʻqiladi.
Ayniqsa bu gazetani texnik xodimlar Shakarova Jamila, Nartoyeva Fotima, Haydarova Bahoroy,Aliyeva Sanobar va  Bo’taboyeva Barnolar    muntazam ravishda mutolaa qilib borishadi.

Archa daraxtlariga shakl berilib ,changlari yuvilib  kimyoviy ishlov berildi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi hududdagi mavjud  78 tup archa daraxtlariga shakl berilib ,changlari yuvilib  kimyoviy ishlov berildi .Unda texnikum  bog’boni Bahodir Taylaqov  va G’ayrat  Bazarovlar har bir tup archa daraxtiga mehr  ko‘rsatib.  ularda    turli xil  kasalliklarni  kelib chiqishini oldini olish   maqsadida , kimyoviy  dorilar bilan  ishlov berib bormoqda .

“Karera kuni”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining “O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional  ta‘lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari  bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini  kuchaytirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida” 2021-yil 31-avgustdagi  PQ–5241-son qarori”ga muvofiq  texnikumlar bitiruvchilarining  bandligini ta‘minlashga  qaratilgan  DASTURI  doirasida  texnikumlar bitiruvchilari uchun “Karera  kuni” va “Ochiq eshiklar  “kuni  tadbirlarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda texnikum bitiruvchilari uchun har bir tuman va shaharda ish beruvchilarni jalb  qilgan holda “Karera kuni” tadbirlari  4,7,10,15 iyul kularii o’tkazildi.

» Tikuvchi» kasbini o’rgatish to‘garagi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida «Dolzarb 90 kunlik «doirasida Yoshlarni yozgi ta‘til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha» Tikuvchi» kasbini o’rgatish to‘garagi yo’lga qo’yildi. Tugarak rahbari Mohira Abdusattarova texnikum o‘quvchilari va Ilg’or maxallasidagi yoshlarga tikuvchilik kasbini o’rgatmoqda.

Diplom topshirish marosimi.

Joriy yilning 7-iyulida Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.

Marosim davomida a’lo darajali bitiruvchilarga imtiyozli diplomlar, shuningdek, o‘quv yilida jonbozlik ko‘rsatgan o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Texnikum direktori Raxmanov Xusniddin Davriyevich so‘zga chiqib, bitiruvchilarning so‘nggi ikki yillik o‘quv faoliyati haqida ma’lumot berib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida omad tiladi va tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

Barcha ishtirokchilarni ushbu tadbir bilan tabriklaymiz!

Fidoyi ustoz jamoa ardog’ida.

Joriy yilning 3 iyul sanasida Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, yosh avlodga o’zining kasb-hunar sirlarini o’rgatib kelayotgan Ustoz, «O’quv ishlari bo’yicha» direktor o’rinbosari Usmonov Abduqodir Xujakulovichning  60 yillik yubileyi munosabati bilan «Fidoyi ustoz jamoa ardog’ida» nomli yubiley tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda  texnikum ma’muriyati, xamkasb va shogirdlari tomonidan Ustozning bir necha yillik fidoiy mexnatlari juda katta mamnuniyat bilan e’tirof etilib samimiy tilaklar va dil izhorlari bildirildi. Tadbir yakunida texnikum hodimlari tomonidan Usmonov Abduqodir Xujaqulovichga esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.
Usmonov Abduqodir Xujakulovich 60 yillik yubileyi  munosabati bilan texnikum ma’muriyati va jamoasi Sizga sog’lik-salomatlik , uzoq umr, keksalik gashtini oila davrasida uzoq yillar birga o’tqazish nasib qilsin. Hamisha el yurt ardog’ida bo’lish va farzandlaringizning baxti kamolini ko’rish nasib qilsin. Shaxsiy va ta ta’lim sohasida samarali faoliyatingizga ulkan muvofaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan!
Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi jamoasi.