«Konstitutsiya – bosh qomusimiz » 

Joriy yilning 5-dekabr sanasida Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab, «Konstitutsiya – bosh qomusimiz »  mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati davlatimiz va jamiyatimizda asosiy Qonunchilik hujjati ekanligi toʻgʻrisida gapirildi. Konstitutsiyamizdagi Qonunchilik moddalarni bilishimiz va ularga amal qilishimiz har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi aytildi .Tadbir yakunida o‘qituvchilar va o‘quvchilari tomonidan Konstitutsiyamizni madh etuvchi badiiy chiqishlar qilindi.