Voleybol musobaqasi.

5 dekabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida «Konstitutsiya» bayramiga bag’ishlangan guruhlar o’rtasida  voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Natijalar
1-o‘rin – «Avtomobillarni ta’mirlash va texnik-xizmat ko‘rsatish » yo‘nalishi 4-25-guruhi
2-o‘rin – «Asalarichilik» yo‘nalishi 1-25-guruhi
3-o‘rin – «Traktorchi-mashinist» yo‘nalishi 1-25-guruhi

Musobaqada «Avtomobillarni  ta’mirlash va ularga texnik xizmat  ko°rsatish » yo‘nalishining jamoasi g‘olib chiqdi.

«Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida»

Joriy yilning 5 dekabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida» maqolasi taqdimoti bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbati ishtirokchilari Prezidentimizning ushbu maqolasida asosiy e‘tibor Markaziy Osiyo davlatlarning o‘zaro jips va hamjihat, harakat qilishlari davr talabi ekanligi ,mintaqaviy hamkorlik eng muhim yutuqlaridan biri ,chegara masalalari ,uzul kesil hal etilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o’tilganligi alohida e’tirof etildi. Davra suhbati Prezidentimizning» Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida» maqolasidagi fikr va mulohazalari o‘ta muhim va dolzarb ekanligi toʻgʻrisida o‘z fikr mulohazalar bildirishdi.

«Konstitutsiya – bosh qomusimiz » 

Joriy yilning 5-dekabr sanasida Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab, «Konstitutsiya – bosh qomusimiz »  mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati davlatimiz va jamiyatimizda asosiy Qonunchilik hujjati ekanligi toʻgʻrisida gapirildi. Konstitutsiyamizdagi Qonunchilik moddalarni bilishimiz va ularga amal qilishimiz har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi aytildi .Tadbir yakunida o‘qituvchilar va o‘quvchilari tomonidan Konstitutsiyamizni madh etuvchi badiiy chiqishlar qilindi.

Radikalizmning oldini olish va diniy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo’yicha davra suhbati.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida radikalizmning oldini olish va diniy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazining Sirdaryo tumani bo’limi (RMMM) va Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo’limi (IIB) hamkorligida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Suhbat davomida ishtirokchilarga jamiyat uchun dolzarb bo’lgan quyidagi mavzular bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi va muhokamalar olib borildi:

  • «O’zbekiston dunyoviy davlat» tamoyilining mazmun-mohiyati;
  • «Noqonuniy diniy ta’lim»ning salbiy oqibatlari;
  • «Yod g’oyalardan asralish»ning ahamiyati;
  • «Ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish odobi»;
  • «Missionerlik tizimi»ning jamiyatga ta’siri;
  • «Ommaviy ma’daniyat»ning yoshlar ongiga xavflari;
  • «Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz»ni asrash va rivojlantirish.

Bundan tashqari, 2021-yil 5-iyuldagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi o’quvchilari «Yashil makon» loyihasida faol.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumining «O’simliklar himoyasi va karantini» dual ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 1-bosqich O’HK-10.11D guruhi o’quvchilari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Ular Sirdaryo viloyati o’rmon xo’jaligi, Sirdaryo tuman Fermerlar kengashi hamda Sirdaryo tumani obodonlashtirish korxonalarida o’tkazilayotgan ko’chat ekish va obodonlashtirish ishlariga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bu esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashlari bilan birga, atrof-muhitni asrashga bo’lgan mas’uliyat hissini ham oshirishga xizmat qiladi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi o‘quvchilarining Davlat kadastr palatasida amaliyoti tashkil etildi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumining «Yer kadastri va yerdan foydalanish» yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 1-25-guruh o‘quvchilari uchun navbatdagi o‘quv amaliyoti tashkil etildi.

Amaliyot Sirdaryo tumani filialidagi Davlat kadastr palatasida bo’lib o’tdi. Unda o‘quvchilar nazariy olgan bilimlarini bevosita ishlab chiqarish sharoitida mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish hamda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan boyitish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini maxsus fan o‘qituvchisi Xidirov Doston bevosita ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida tashkil etib, o‘quvchilarning mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda yaqindan yordam berib kelmoqda. .