Ishlab chiqarish amaliyoti.

«Yer kadastri va yerdan foydalanish» yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini Sirdaryo tumani hududidagi «Davlat kadastrlar palatasi»da o‘tkazmoqda. Ushbu amaliyot jarayonida o‘quvchilar kadastrlar pasportini tayyorlash va kadastrlar bilan bog‘liq boshqa muhim jarayonlarni o‘rganmoqda. O‘quvchilarning amaliyotdagi rahbar-ustozlari yordamida fuqorolar uchun kadastrlarni tayyorlash amaliyotini samarali va mukammal egallashmoqda.

Yer kadastri va yerdan foydalanish amaliyot rahbari Xidirov Doston o‘quvchilarning texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini ta’minlash, shuningdek, nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida samarali qo‘llashlariga yaqindan yordam bermoqda amaliyot rahbari Xidirov Doston.