Sirdaryo tuman texnikumlari o‘rtasida yugurish musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 5-noyabr kuni Sirdaryo tuman Sport maktabida yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus” sport musobaqalari doirasida texnikumlararo yugurish bo‘yicha turnir tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Sirdaryo Pedagogika texnikumi, Sirdaryo Sanoat politexnikumi hamda Sirdaryo Agrotexnologiyalar texnikumi jamoalari faol ishtirok etdilar.
🏆 Natijalar:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Sirdaryo Sanoat politexnikumi
2-o‘rin — Sirdaryo Pedagogika texnikumi
3-o‘rin — Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi
2-o‘rin — Sirdaryo Sanoat politexnikumi
3-o‘rin — Sirdaryo Pedagogika texnikumi
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma va faxriy yo‘rliqlar bilan taqdirlandilar.
