«Yashil makon» umumxalq dasturi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi «Yashil makon» umumxalq dasturida faol ishtirok etdi.

Joriy yilning 28 noyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumining jamoasi «Yashil makon» umumxalq dasturi doirasida texnikumning bo‘sh turgan yer maydonlarida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilish ishlariga start berildi.

«Sog’lom turmush tarzi», OITS (Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hamda «Teri orqali yuqumli kasalliklarning yuqish usullari» mavzularida davra suhbati.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Axborot-resurs markazida Sirdaryo tumani KTMP ishonch xonasi xodimi R.R. Memetova tomonidan «Sog’lom turmush tarzi», OITS (Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hamda «Teri orqali yuqumli kasalliklarning yuqish usullari» mavzularida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida R.R. Memetova O’zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 9.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berdi. U sog’lom turmush tarzi tamoyillari, OITS va teri orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar haqida atroflicha tushunchalar berib, ularning profilaktikasi bo’yicha zaruriy tavsiyalarni o’quvchilarga yetkazdi.

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik aksiya”


O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo tuman IIB JXX katta inspektori, katta leytenant R. Riskulova, mahalla faollari hamda texnikum ma’muriyati hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida psixologik treninglar o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy va psixologik tushunchalar berildi, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar yetkazildi.

Sirdaryo tumani IIB xodimlari ushbu global tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda, ayollar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish va xavfsiz jamiyatni shakllantirish yo‘lida barchani hamjihatlikka va faollikka chorlaydi!

“Forlabs” va “Dreamlab” MChJ rahbarlari tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 26-noyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumiga Toshkent shahrida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug‘g‘ullanuvchi “Forlabs” va “Dreamlab” MChJ rahbarlari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida texnikumda tayyorlanadigan mutaxassisliklar, bo‘sh turgan bino va maydonlar bilan tanishib chiqishdilar. Tashrif yakunida boshlanishiga texnikumda “Qo‘ziqorin” yetishtirish, hududning bo’sh turgan maydonining 0.50 gektar maydoniga zamonaviy tipdagi issiqxona qurish va issiqxona konstruksiyalarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni kelishib olindi.

26 ноября текущего года Сырдарьинский агротехнологический техникум посетили руководители ООО «Forlabs» и ООО «Dreamlab,» занимающихся производственной и сервисной деятельностью в городе Ташкенте. В ходе визита они ознакомились со специальностями, которые готовятся в техникуме, а также с пустующими зданиями и площадями. По итогам визита была достигнута договоренность о выращивании грибов в техникуме, строительстве современной теплицы на 0,50 гектарах неиспользуемой территории и налаживании производства тепличных конструкций.

«Yer kadastri va erdan foydalanishi yo‘nalishi.

Joriy yilning 26 noyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumiga Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati  boshqarma boshlig’i  Nishonov Ravshan Rustamovich va Davlat kadastrlar palatasi  Sirdaryo  tumani  filiali  boshlig’i  Mukarov Muhammad  Bekmuratovich tashrif buyurdilar va texnikumdagi «Yer kadastri va erdan foydalanishi yo’nalishida o’qiyotgan o’quvchilar uchun o’quv amaliyoti,ishlab chiqarish  amaliyotlarini tashkil qilish  bo‘yicha  hamkorlik  kelishuvi bo’yicha  maslahatlashib va kelgusida  o’zaro hamkorlik  va homiylik  shartnomasi tuzishga kelishib olindi.

«Asalarichilik» yoʻnalishi talabalarining kimyo bilimlarini amaliy mustahkamlash!

«Asalarichilik» yoʻnalishi, 1-bosqich 1.25D guruhining dual taʼlim talabalari uchun kimyo fanidan qiziqarli va foydali laboratoriya mashgʻuloti tashkil etildi. Mashgʻulot mavzusi: «Oʻsimliklar tarkibidagi murakkab efirlar va ularning xususiyatlarini oʻrganish».

Ushbu amaliy mashgʻulot davomida boʻlajak asalarichilar nafaqat oʻsimlikshunoslik va botanika boʻyicha bilimlarini mustahkamladilar, balki kimyoviy jarayonlar orqali oʻsimliklar gul va mevalarining xushboʻy hidi, asalning oʻziga xos taʼmi va sifati shakllanishida muhim rol oʻynaydigan murakkab efirlarning ahamiyatini ham chuqurroq anglab yetdilar.

Для студентов дуального обучения группы 1.25Д 1 ступени направления «Пчеловодство» был организован интересный и полезный лабораторный практикум по химии. Тема занятия: «Изучение сложных эфиров растений и их свойств».

В ходе этого практического занятия будущие пчеловоды не только укрепили свои знания по растениеводству и ботанике, но и глубже поняли значение сложных эфиров, которые играют важную роль в формировании аромата цветов и плодов растений, специфического вкуса и качества мёда посредством химических процессов.

“Milliy  liboslar » ko‘rgazmasi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida “Milliy  liboslar » ko‘rgazmasi  mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Oʻzbek milliy liboslari kolleksiyasi namoyish etildi.

今年11月21日,锡尔河农业技术学院举办了一场以“民族服装”展览为主题的精神教育活动。活动参与者展示了一系列乌兹别克斯坦民族服装。

«Bir vatan,bir el,bir bayroq «.

18-noyabr O’zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan ,Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida ham «Bir vatan,bir el,bir bayroq «shiori ostida maʼnaviy -mariyfiy bayram tadbiri oʻtkazildi.

11月18日,在乌兹别克斯坦共和国国旗正式启用之际,锡尔河农业技术学院举办了一场以“一个祖国,一个民族,一面旗帜”为主题的精神教育节日活动。

«Kasbiy ta’limda innovatsiyalar: tajriba, izlanish va yechimlar».

Joriy yilning  14-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasining  Turkiston sanoat-qurilish kollejida «Kasbiy ta’limda innovatsiyalar: tajriba, izlanish va yechimlar» mavzusida xalqaro forsayt-sessiyasi bo’lib o’tdi.Sessiyaga Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumining Yo‘shlar bilan ishlash direktor o’rinbosari Adilov A.N va Bo’lim boshlig’i  Roziqov H.taklif qilindilar,

Ағымдағы жылдың 14 қарашасында Қазақстан Республикасы Түркістан индустриалды-құрылыс колледжінде «Кәсіптік білім берудегі инновациялар: тәжірибе, зерттеулер және шешімдер» тақырыбында халықаралық форсайт сессиясы өтті. Сырдария агротехнологиялық колледжі директорының жастар ісі жөніндегі орынбасары Әділов А.Н. және сессияға кафедра меңгерушісі Розиков Х. шақырылды..