Ota-onalar  yig‘ilishi.

Joriy  yilning  31-oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar  texnikumida “ Traktorchi-mashinist ” yo‘nalishi 1-kurs 1-25-guruhida    ota-onalar  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda  texnikum  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor oʻrinbosari A.Adilov, o‘qituvchilari Shakarov M., Abduqodirova F.,guruh rahbari Abdullayeva Iroda ishtirok etib,   ota- onalar bilan  ularning  farzandlarining ta‘lim- tarbiyasi ahloq-odobi , o‘quvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida batafsil tanishtirildi va kerakli  ma’lumotlar  berildi. Ota-onalar yig‘ilishi ochiq muloqot  tarzda bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilish davomida ota-onalar  bilan ularning farzandlarining yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida  gaplashib olindi va ota-onalarining  bildirilgan  taklif  bo‘yicha kerakli  chora tadbirlar   ishlab chiqishni rejalashtiriildi. Yig‘ilish yakunida ta‘lim  muassasasi va  ota-onalari  o‘rtasidagi  o‘zaro xamkorlikni yanada mustaxkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

«Kitoblar ovozsiz muallimlardir» kitob taqdimoti.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Axborot -resurs markazi kutubxonachisi Iroda Abdullayeva
«Kitoblar ovozsiz muallimlardir» kitobi taqdimotini o’tkazdi.
Taqdimotida muallif tomonidan kitoblarning insonlar hayoti, faoliyati davomida naqadar muhimligini juda ham yaxshi yoritilgan boʻlib, unda oʻquvchi yoki kitobxonlar uchun zarur boʻlgan bilim va ma’lumotlar mohirona tarzda yoritib berilganligi takidlab oʻtildi.
Kitob taqdimoti tadbiri oʻzaro savol -javoblarga boy,qiziqarli davra suhbati tarzda oʻtkazildi

Ota-onalar yig‘ilishi.

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi ” yo‘nalishi 1-kurs 1-25-guruh o‘quvchilari uchun ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda texnikum psixologi O’raqbayeva M. , Quvvatov Sh., o‘qituvchi M.S. Shakarov, guruh rahbari Qarshiyeva F. shuningdek ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, dars jarayonlari va tarbiyaviy ishlar yuzasidan fikr almashildi. Ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Jadidchilik harakati namoyandalari

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Axborot-resurs markazida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Jadidchilik harakati namoyandalari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirda texnikumning 1-bosqich oʻquvchilari ishtirokida tarix fani oʻqituvchisi Yuldashev Ahadjon hamda kutubxonachi Iroda Abdullayevalar Maxmudxoʻja Behbudiyning hayot -faoliyat toʻgʻrisida davra suhbati oʻtkazidilar.

Ota-onalar yig‘ilishi.

Joriy yilning 16-oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi 1-kurs 1-25-guruhida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda texnikum va Ilg’or MFY vakillari ishtirok etib, ota- onalar bilan ularning farzandlarining ta‘lim- tarbiyasi ahloq-odobi , o‘quvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida batafsil tanishtirildi va kerakli ma’lumotlar berildi. Ota-onalar yig‘ilishi ochiq muloqot tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida ota-onalar bilan ularning farzandlarining yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida gaplashib olindi va ota-onalarining bildirilgan taklif bo‘yicha kerakli chora tadbirlar ishlab chiqishni rejalashtiriildi. Yig‘ilish yakunida ta‘lim muassasasi va ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro xamkorlikni yanada mustaxkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Joriy yil 16-oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Xitoy Xalq Respublikasining “Yalong Science and Technology Group Co., Ltd.” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Yalong Technology — Xitoyda kasbiy ta’lim uchun innovatsion yechimlar va o‘quv uskunalarining yetakchi yetkazib beruvchisi bo‘lib, asosiy yo‘nalishlari — aqlli ishlab chiqarish, sanoat robotlari, sanoat interneti va sun’iy intellekt sohalaridir.

🔹 Tashrif davomida mehmonlar texnikumdagi yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni, ustaxonalar, o‘quvchilarning turar joyi va sport majmuasi bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro muloqot olib borib, texnikum ravnaqi va rivojlanishi bo‘yicha takliflar almashdilar.

Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Babayev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumiga Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Babayev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi. Maqsad: o‘quv jarayoni va o‘quv bazasini yaqindan ko‘rib chiqish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

  • Tashrif davomida texnikumdagi o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi. Beg‘araz yordam sifatida quyidagi ta’minotlar yetkazib berildi: 750 dona o‘quv, badiiy, ijtimoiy, siyosiy adabiyotlar; 60 dona o‘quv partasi; 120 dona stul; 5 dona kompyuter.
    Toshkent davlat agrar universiteti va texnikum o‘rtasidagi o’zaro hamkorlik bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilib ,bundan buyon yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Kitob taqdimoti.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Axborot-resurs markazida Kitobxonlik kechasida «Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi» yo’nalishi 1-kurs bosqichi o‘quvchisi To‘lqinova Marjona tomonidan atoqli yozuvchi O‘zbekiston Qahramoni yozuvchi Said Ahmadning «Ufq» romani kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda «Ufq» trilogiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi va tadbir qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o’tkazildi.