«O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» nishoni.

1-oktyabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida faxriy ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib va ta’lim sohasiga yuksak fidoyilik bilan xizmat qilayotgan pedagoglar — Bahodir Tugalov Sirliyevich va Feruza Komilova Maxammat qizi «O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» nishoni bilan taqdirlandilar.