O‘quvchi-qizlar uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan texnikum psixologi M. O‘raqbayeva, hamshira G. Bazarova va maxsus fan o‘qituvchisi F. Komilova ishtirokida texnikum o‘quvchi-qizlari uchun odob-axloq, shaxsiy gigiyena va kiyinish madaniyati masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida o‘quvchi-qizlarga ustozlar tomonidan yuqoridagi masalalar bo‘yicha qimmatli maslahatlar berildi, o‘quvchi-qizlar o‘zlari qiziqtirgan savollar bo‘yicha qoniqarli javob oldilar. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o‘tdi.