“Ochiq eshiklar” kuni.

Joriy yilning 23-avgust kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida 1-kursga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun» Ochiq eshiklar» kuni bo’lib otdi. Tadbirga tashrif buyurgan mexmonlar texnikum imkoniyatlari va o’quv xonalari hamda ustaxonalar bilan tanishib chiqishdi.

22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-23-avgust kunlari Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Hashar davomida texnikum hududidagi daraxtlarga shakllar berilib, oxaklanib, temir panjaralar bo‘yash hamda obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida oʻquv auditoriyalarini stol, stullar va boshqa mebellar bilan toʻliq ta’minlash maqsadida, qoʻshimcha jihozlar keltirilib, oʻquv xonalari talab darajasida jihozlanmoqda.

Yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni qizgʻin davom etmoqda. Texnik xodimlar Gʻ.Bazarov, R.Shokirov, A.Qurbonov va xoʻjalik ishlari mudiri Sotvoldiyev Husanboylar boshchiligida o‘quv binosi, axborot-resurs markazi va o‘quv auditoriyalaridagi yoritish tizimlarini nazoratdan o‘tkazib, eskirgan hamda yaroqsiz holga kelib qolganlarini yangisiga almashtirish ishlarini olib bormoqda.

O‘quv binosining devori tashqi tomoni yuqori bosimli suv purkash orqali tozalanmoqda. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu ishlar texnikumning ta’lim sifatini oshirishga va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.