Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi.

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida «O‘simliklar himoyasi va karantini agranomi» yo‘nalishi bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.

Bitiruvchilar kasbiy fanlar majmuasi bo‘yicha test va ko‘rgazmali amaliy imtihonlar orqali bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Attestatsiya jarayonida Toshkent davlat agrar universiteti professori N.Xakimova, dotsent Z.Nosirova, shuningdek Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Sirdaryo tuman bo‘lim boshlig‘i R.Quvvatov ishtirok etdilar.

Tadbir ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.