Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumining Axborot-resurs markazi tomonidan 2025 yil 16 iyunda tashkil etilgan «Kitoblar yarmarkasi» aksiyasi, ta’lim muassasasida kitobxonlikni rivojlantirish va badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishni oshirish maqsadida o’tkazildi. Ushbu yarmarkada texnikum pedagog-oʻqituvchilari, xodimlari va buturuvchilar ishtirok etib, mingdan ortiq badiiy kitoblar taqdim etildi.
Yarmarka davomida 50 dan ortiq nomdagi 100 dan oshiq kitoblar xarid qilinib, Axborot-resurs markaziga esdalik sovg’a sifatida topshirildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning bilim olish jarayonini yanada boyitishga xizmat qiladi hamda ularni madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishga yordam beradi. Kitoblar yarmarkasi kelajakda ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda