9-May» Xotira va qadrlash» kuni

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi direktorining tashabbusi bilan taʼlim tashkiloti jamoasi tomonidan 9-May» Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan, texnikumda uzoq yillar davomida faoliyat koʻrsatgan faxriy oʻqituvchilar va xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurib, keksalarni bayram bilan tabriklab, oʻtganlari (marhum ustozlar)ni yod etib ,ularning oila aʼzolarini yoʻqlab kelindi .Tashrif chogʻida , Ustozlarning  faoliyati davrida, ular tomonidan amalga oshirilgan xayirli ishlari faxr bilan yodga olindi.