Fidoyi ustoz jamoa ardog’ida.
Joriy yilning 3 iyul sanasida Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, yosh avlodga o’zining kasb-hunar sirlarini o’rgatib kelayotgan Ustoz, «O’quv ishlari bo’yicha» direktor o’rinbosari Usmonov Abduqodir Xujakulovichning 60 yillik yubileyi munosabati bilan «Fidoyi ustoz jamoa ardog’ida» nomli yubiley tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda texnikum ma’muriyati, xamkasb va shogirdlari tomonidan Ustozning bir necha yillik fidoiy mexnatlari juda katta mamnuniyat bilan e’tirof etilib samimiy tilaklar va dil izhorlari bildirildi. Tadbir yakunida texnikum hodimlari tomonidan Usmonov Abduqodir Xujaqulovichga esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.
Usmonov Abduqodir Xujakulovich 60 yillik yubileyi munosabati bilan texnikum ma’muriyati va jamoasi Sizga sog’lik-salomatlik , uzoq umr, keksalik gashtini oila davrasida uzoq yillar birga o’tqazish nasib qilsin. Hamisha el yurt ardog’ida bo’lish va farzandlaringizning baxti kamolini ko’rish nasib qilsin. Shaxsiy va ta ta’lim sohasida samarali faoliyatingizga ulkan muvofaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan!
Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi jamoasi.