2026-yil 6-mart kuni Sirdaryo tuman texnikumida «Oʻsimlik himoyasi va karantini» yoʻnalishi OʻHK-10-11 guruh oʻquvchilari uchun navbatdagi amaliy dars boʻlib oʻtdi.»Oʻsimliklar himoyasida diagnostika va bashorat qilish» fani doirasida oʻtkazilgan dars mavzusi: «Tut zararkunandalarini aniqlash va nazorat qilish».
Oʻqituvchi Komilova F. tomonidan tashkil etilgan mazkur darsda oʻquvchilar:
Zararkunandalarni vizual aniqlash metodlari;
Kasallik oʻchoqlarini erta bashorat qilish;
Tutzorlarda zamonaviy nazorat choralari boʻyicha oʻz bilimlarini mustahkamladilar.
Dual taʼlim tizimi oʻquvchilari uchun bu kabi amaliy mashgʻulotlar nazariyani ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻlashga yordam beradi.
