2026 yil 5-mart kuni texnikum o‘quvchilari va soha mutaxassislari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda:
Sirojiddinov Umarali – Sirdaryo tuman agroinspeksiya boshlig‘i; Tovbayev X. – Texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis ishtirok etishdi.
Suhbat davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, zamonaviy texnikalarni boshqarish sirlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.
Maqsad: Nazariy bilimni amaliy tajriba bilan birlashtirish!
Bizni kuzatib boring!
